❓ Savollar
Ijara qanday ishlaydi?+
Kitobni tanlaysiz, muddat va manzilni kiritasiz. Admin tasdiqlagach kitob sizga yuboriladi. Muddat tugagach kitobni qaytarasiz.
Ijara bepulmi?+
Ha — Basic tarifida har 30 kunda 1 ta kitobni bepul ijaraga olasiz. Limit tugagan bo'lsa, kitobning ijara narxini to'lab hoziroq olishingiz yoki tarifga obuna bo'lishingiz mumkin.
Kitobni sotib olsa bo'ladimi?+
Ha. «Sotuvda» belgisi bor kitoblarni savatchaga qo'shib, buyurtma berasiz. Kitob butunlay sizniki bo'ladi.
Qanday to'lash mumkin?+
Karta orqali o'tkazma (chek skrinshotini saytga yuklaysiz) yoki kitobni qabul qilganda naqd pul bilan.
Saytga qanday kiraman?+
Parol kerak emas: «Kirish» tugmasini bosing, Telegram botimiz ochiladi, START ni bosing — sayt o'zi kiradi.
Kitob band bo'lsa-chi?+
«Bo'shaganda xabar bering» tugmasini bosing. Kitob qaytarilishi bilan Telegram orqali xabar olasiz.
Muddatni uzaytirsa bo'ladimi?+
Ha, Telegram botda «Mening ijaralarim» bo'limidan uzaytirish so'rovini yuborishingiz mumkin.
Yetkazib berish qancha turadi?+
Narx «Yetkazib berish» sahifasida ko'rsatilgan. Ma'lum summadan ortiq xaridlarda bepul.